uz.wikipedia.org

Guanchjou - Vikipediya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Guanchjou

Skyline of Guanchjou
Guanchjou joylashuvi
23°7′48″N 113°15′36″E / 23.13000°N 113.26000°E
Mamlakat Xitoy
Rasmiy til(lar)i xitoycha

Guanchjou xaritada

Guanchjou

Guanchjou

GuanchjouXitoyning janubidagi shahar va port, Jan. Xitoy dengizidan PO km, Chjutszyan (Marvarid) daryosining deltasida joylashadi. Guandun provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi chamasida (1998), aksariyati xitoy (xan)lar.

Guanchjou Xitoyning koʻhna shaharlaridan. Ilk bor mil. av. 3-asrda Fanyuy nomi bilan tilga olingan. Guanchjou Jan. Xitoyning muhim iqtisodiy markazlaridan. Qadimdan tashqi savdo porti boʻlib kelgan.

Yuk ortish va tushirish boʻyicha mamlakatda 3-oʻrinda turadi (yiliga 15 mln. t). T.-yil tuguni, xalqaro aeroport bor. Sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik (asosan ipak, ip va jut gazlama i. ch.), oziq-ovqat, umumiy mashinasozlik, qora metallurgiya, qogʻoz, kimyo, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari eksport qilinadi.

Guanchjouda bir necha oliy oʻquv yurtlari, jumladan Sun Yatsen nomidagi universitet (1924), tibbiyot, pedagogika., moliya-iqtisod institutlari, botanika bogʻi va b. bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil