Mayatnik - Vikipediya
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mayatnik — tashqaridan taʼsir ettirilgan kuchlar, xususan, tortishish kuchi taʼsirida qoʻzgʻalmas nuqta yoki oʻq atrofida tebranma harakat qiladigan qattiq jism. 1) Matematik mayatnik — biror qoʻzgʻalmas nuqtaga vaznsiz va choʻzilmaydigan ipga osib qoʻyilgan moddiy nuqta Mayatnik ogʻirlik kuchi taʼsirida vertikal (tik) tekislikda tebranadi. Mayatnik turli asboblarda, soatlarda, ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllaniladi.
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.